So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda subsidiya berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2023-yildagi 364-son qarori bilan Oʻzbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda subsidiya berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Prezidentning “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-yanvardagi PQ-23-son qaroriga muvofiq hujjatlarga Davlat byudjetidan quyidagilarning qoplab berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda:
xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerni qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi;
paxta xom ashyosi yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi.
Tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Vazirlar Mahkamasining 03.05.2018-yildagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritiladi. Bunda isteʼmolchilarga subsidiya ajratish uchun axborot va materiallarni yigʻish, ularni koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “Agrosubsidiya” yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (26.11.2019-yildagi 952-son VMQ bilan tasdiqlangan) yangi tahrirda tasdiqlandi.
Subsidiyalar yangi va xarid qilingan kundan boshlab bir yil muddat davomida (hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan boshlab) taqdim etilgan arizaga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregati uchun ajratiladi.



