So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Stixiya” Moʻynoqdagi “Kemalar qabristoni”dan uzoqlashdi
Joriy yilning 31-avgustdan 2-sentyabrga qadar Buxoro va Navoiy viloyatlarini bogʻlab turuvchi Qiziltepa tumanida joylashgan Toʻdakoʻl turizm markazida “Stixiya” elektron musiqa festivali oʻtkaziladi.

Festivalning asosiy maqsadi jahon jamoatchiligi eʼtiborini ekologiya muammosiga, xususan, Orol dengizining holatiga, shuningdek, Oʻzbekistonda rivojlanayotgan choʻl turizmi yoʻnalishida sayyohlar oqimini oshirishdan iboratdir.
Ushbu festival Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish, isteʼdodlarni bir joyda toʻplash, turizmning iqtisodiyotda tutgan oʻrni va ahamiyatini oshirish, shuningdek, viloyat yoshlarining ijodiy kamolotini yuksaltirishga xizmat qiladi.
«Festivallar isteʼdodli kishilarga oʻz ijodini namoyon etishi mumkin boʻlgan maydonchalar taqdim etish orqali ragʻbatlantirishini taʼkidladi. Shu bilan birga, mamlakat va mintaqa uchun iqtisodiy samara sezilarli. Joriy yilda Oʻzbekiston turizm sohasidan ikki milliard dollardan ortiq daromad olishi kutilmoqda.
Mamlakatga yetti milliondan ortiq xorijiy sayyohlar kelishi kutilmoqda. 2023-yilda 200 ga yaqin yirik tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, ulardan biri “Stixiya” hisoblanadi. Anʼanaviy tarzda har yili oʻtkazib kelinayotgan festival tufayli mamlakatimizning yangi turizm yoʻnalishlarida katta imkoniyatlarga ega ekanligini koʻrsatmoqdamiz» – dedi Turizm qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Sh.Isakulov.
Masʼullarning qayd etishicha, bu yilgi “Stixiya” yorqin va unutilmas tadbir boʻlishni, chet ellik mehmonlar uchun gʻayrioddiy yangi turizm hududini kashf etishi va Oʻzbekiston musiqa ixlosmandlariga yangi musiqiy kombinatsiyalar dunyosida zavqlanish imkoniyatini taqdim etadi.
Maʼlumot uchun, festival 2017-yildan buyon Moʻynoqdagi “Kemalar qabristoni”da oʻtkazilib kelinardi. Joriy yilda esa ilk bor tadbir oʻtkaziladigan joy oʻzgartirilmoqda. Festivalda har yili dunyoning turli burchaklaridan dijeylar, rassomlar, olimlar, prodyuserlar shuningdek, oʻzbek musiqachilari ishtirok etadi. Toʻdakoʻl turizm markazida “Stixiya” elektron musiqa festivalini oʻtkazish uchun 15 gektar choʻl tekisligida sahnalar tayyorlanmoqda.



