So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoʻshni davlatlardan olib kelingan qariyb 11 kg. “opiy” moddasi musodara qilindi –DXX
Davlat xavfsizlik xizmatiniing Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida, Davlat xavfsizlik xizmatiniing Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qoʻshni davlat hududidan kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtilgan katta miqdordagi narkotik modda topilgan.
Xususan, Muzrabot tumanining chegara hududidan oʻtuvchi Amudaryo qirgʻogʻidagi qamishlar orasiga nomaʼlum shaxslar tomonidan yashirib ketilgan.
1 dona polietilen qop topilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, uning ichida 10 dona oʻramda giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu oʻramlarda sof vazni 10 kg. 38 gr. boʻlgan “opiy” moddasi borligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu narkotik modda egalarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmatiniing Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa “Surxondaryo – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina Koʻkdala tumanida joylashgan “Umakay” YPX maskanida toʻxtatilgan.
Denov tumanida yashovchi, 1993-y.t. fuqaro boshqaruvida boʻlgan ushbu avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganida, uning salon qismiga yashirib qoʻyilgan 935 gr. “opiy” va 200 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan DXX Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.