So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
O’zbekistonning 16 ta shahrida “Yangi Nafas” ommaviy musobaqasi o’tkaziladi
Mazkur musobaqa mustaqillikning 32 yilligiga bag‘ishlanadi
3-sentyabr kuni O’zbekistonning 16 ta shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlarda turli yoshdagi havaskor va professional sportchilar hamda sog‘lom turmush tarzi ixlosmandlari mamlakatimizning aziz bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan keng ko‘lamli sport harakatiga qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida press-anjuman o‘tkazilgan bo‘lib, unda kelgusi ommaviy yugurish musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda Federatsiyaning bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhamedov, tahkiliy qo‘mita va OAV vakillari ishtirok etdi.
Mustaqillikning 32 yilligi Toshkent, Nurafshon , Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G‘uzor, Xiva va Nukusda “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bilan nishonlanadi. Poytaxtda yuguruvchilarga 3 va 10 kilometrga teng bo‘lgan ikki xil masofa, boshqa shaharlarda esa 3 kilometrlik bitta masofa taqdim etiladi.
“Yangi Nafas” yugurish musobaqasining rasmiy shiori – “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” mamlakatimizning 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan har bir fuqarosini birlashtirgan holda, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini nishonlash jarayonidagi kayfiyat va umumiy muhitni yanada aniqroq aks ettiradi.
Ta’kidlash joizki, an’anaviy tarzda muhim davlat sanalari va xalqaro sport tadbirlariga bag‘ishlab tashkil etilayotgan “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-2023-yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi qarori doirasida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish hamda aholini faol turmush tarziga jalb etish maqsadida qabul qilingan keng ko‘lamli davlat dasturining ijrosiga yaqqol misol bo‘la oladi. Maqsadli davlat dasturi aholini bosqichma-bosqich faollashtirib, hamma darajalarda salomatlikni mustahkamlash va hayot sifatini oshirish masalalariga e’tiborni qaratdi.
“Yangi Nafas” ijtimoiy loyihasini hayotga tadbiq etishning uch yili davomida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda 700 ming nafardan ortiq odam ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shilib, sport tadbirlarida faol ishtirok etishda davom etmoqdalar. “Yangi Nafas” loyihasi “Save Aral”, “Men G‘olib”, “Vatan Qalqoni” ommaviy yugurish musobaqalari bilan hamkorlikda yosh avlodda ham, kattalarda ham yengil atletikaga qiziqishni yangi bosqichga ko‘tardi.
Ommaviy sportni rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish Yangi O‘zbekiston barpo etayotgan ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi.
“Yangi Nafas”, shuningdek, yugurish ixlosmandlari uchun xalqaro maydonchaga aylanib bormoqda. Tadbir O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan va musobaqalarda faol ishtirok etib kelayotgan xorijlik fuqarolardan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan keladigan musobaqa qatnashchilarini ham birlashtiradi. Sentyabr oyida Toshkentga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston sport klublari vakillari ushbu bayramda ishtirok etish uchun tashrif buyuradilar.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi “Yangi Nafas” yugurish musobaqasida 31-avgustgacha roʻyxatdan oʻtish orqali ishtirok etish mumkin. Fuqaroligidan qat’i nazar, barcha yugurish ixlosmandlari mazkur yugurish musobaqasiga qo‘shilishlari mumkin.
Aholining barcha qatlamlari sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlarda musobaqa uchun ro‘yxatdan o‘tish va qatnashish bepul! Yengil atletika federatsiyasi tashabbusi bilan har bir hududda “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”, “temir” daftar, “ayollar” va “yoshlar” daftarlariga kiritilgan fuqarolarning ishtirok etishi uchun kvotalar ajratilgan. Yugurish musobaqalari va marafonlarning doimiy ishtirokchilari orasida nogironligi bor fuqarolar ham mavjud.
3 km masofada 9 yosh va undan katta yoshdagilar uchun sport musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat etiladi. 10 km masofada istirok etish yoshi 14 yosh va undan katta. Barcha shaharlarda soat 6:30 da yagona start beriladi.
Toshkent shahrida ishtirok etish narxi:
• 3 km masofa uchun – 99 000 so‘m ;
• 10 km masofa uchun – 149 000 so‘m .
Ishtirokchi toʻplami quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
• Futbolka
• Kepka
• Ishtirokchining start raqami
• Raqamni ilish uchun to‘g‘nog‘ichlarIshtirokchi to‘plamlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi tomonidan 1-2-sentyabr kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar quyidagi manzilda amalga oshiriladi: I.Karimov ko‘chasi, 98-uy, mo‘ljal – “Paxtakor” stadioni.