So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Telegram orqali telefon olmoqchi boʻlgan fuqaro 10 mln soʻmga yaqin pulga “uxladi”
Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 29 yoshli U.M. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 9.460.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 20 yoshli O.S. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan O.S. jabrlanuvchi U.M. bilan “Telegram” messenjeri orqali tanishib, unga “Apple iPhone 13” rusumli telefon qurilmasini sotishini vaʼda qilib, uni aldab, oʻzining foydalanuvidagi bank kartasiga 9.460.000 soʻm miqdoridagi pullarini oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, O.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.