So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bu hafta havo bulutli boʻladi
Oʻzgidromet yangi haftada kuzatilishi mumkin boʻlgan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Avgustning navbatdagi haftasida ilk kunlari respublika boʻylab biroz bulutli boʻladi, ammo yogʻingarchiliksiz oʻtadi. Bu haqda Oʻzgidromet maʼlum qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 7 avgustda 33-38 daraja, 8-9 avgustda 30-35 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida 7 avgustda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, 7-8 avgust kuni kunduzi 30-35 daraja, 9 avgustda esa 32-37 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 7 avgustda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 7 avgustda 33-38 daraja, 8-9 avgustda esa 31-36 daraja issiq boʻlishi kutilyapti.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 7-8 avgustda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 9 avgustda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 7 avgustda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, kechasi 28-33 daraja, 8-9 avgust kunlari esa 30-35 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi. 7-8 avgustda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. 7 avgustda baʼzi joylarda kuchli momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 9 avgust kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, 7-8 avgust kunlari 20-25 daraja, 9 avgustda esa 23-28 daraja iliq boʻladi.