So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fan arbobi, akademik Baxtiyor Nazarov vafot etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, Fanlar akademiyasi akademigi, oʻzbek adabiyotshunosligidagi yirik olim, koʻplab shogirdlarning ustozi Baxtiyor Aminovich Nazarov 2022-yil 18-yanvarda 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumot uchun, Baxtiyor Nazarov 1945-yilning 17-sentyabrida Toshkentda tugʻilgan, 1966-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Nazarov Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969-1972; 1979-1983-yillar), direktor (1986—1990-yillar), boʻlim mudiri (1990-yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi oʻrinbosari (1973—1979-yillar), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000-yillar) boʻlib ishlagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti davlat maslahatchisi (1990—1992-yillar), oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (1992—1994-yillar), “Oʻzbek tili va adabiyoti” jurnalining bosh muharriri (1986-1994-yillar) boʻlgan.