So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Yashil makon” umummilliy loyihasiga eʼtiborsiz boʻlgan 29 nafar rahbar javobgarlikka tortildi
Mazkur shaxslar oʻz vazifalarini bajarishga masʼuliyatsizlik bilan qarab, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan.
“Yashil makon” umummilliy loyihasiga masʼuliyatsiz yondashgan 29 nafar rahbar javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasida koʻchatlar sugʻorish tizimlari mavjud boʻlmagan hududlarga ekilishi hamda masʼullarning eʼtiborsizligi natijasida jami 333,1 ming tup koʻchatlar nobud boʻlishiga yoʻl qoʻyilgani, bajarilgan ishlar hajmiga elektron platforma orqali amalda ekilmagan jami 136,1 ming tup koʻchatlar hisobotlarga qoʻshib yozilgani aniqlangan.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida obodonlashtirish xizmati tomonidan jamoat joylarida 127,5 ming tup koʻchat ekilgani qayd etilgan boʻlsada, amalda koʻchatlarning aksariyati (90 foizi) qayta ekish uchun moʻljallangan pitomniklardagi qalamchalar boʻlib, markaziy koʻchalarga ekilgan koʻchatlarning 30 foizi sugʻorilmaganligi va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmaganligi natijasi qurib, oʻsuvchanlik qobiliyatini yoʻqotgan.
Sirdaryo viloyatida jami 1355 tup daraxt koʻchatlari, Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida ekilgan 3,5 ming tup koʻchatlarning yarmidan koʻpi qarovsizlik oqibatida nobud boʻlgan.
Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 2435 tup amalda ekilmagan koʻchatlar hisobotlarga qoʻshib yozilib, byudjetdan ajratilgan mablagʻlar obodonlashtirish tizimi xodimlari tomonidan oʻzlashtirilgan.
Hozirda oʻz vazifalarini bajarishga masʼuliyatsizlik bilan qarab, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan 29 nafar mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoralar rahbarlarining qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalasi hal etilmoqda, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Prokuratura organlari tomonidan tegishli oʻrganishlar davom ettirilishi ham maʼlum qilindi.