So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
OTMga oʻqishga kiritish bilan bogʻliq 6 ta holat fosh etildi
Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.

OTMga oʻqishga kiritish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlangan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Andijon davlat universiteti xodimi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni mazkur oliy oʻquv yurtining Biologiya yoʻnalishining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Qarshi shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan shaxs oʻzganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Qarshi davlat universitetining Sport fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Bu yoʻnalishda Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbir oʻtkazgan.
Xususan, Chirchiq davlat pedagogika universitetining boʻlim boshligʻi 2 nafar fuqaroning Rossiya Federatsiyasi oliy oʻquv yurtidagi oʻqishini oʻzi faoliyat yuritayotgan universitetga koʻchirib berish va 2 nafar fuqaroga ingliz tilini bilish boʻyicha xalqaro sertifikat olib berish evaziga 10 100 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Boshqa holatda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti oʻqituvchisi fuqaroni ushbu oliy oʻquv yurtining Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Yana bir holatda Qibray tumanida yashovchi er-xotin oʻzlarining tanishlari yordamida fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



