So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda toʻyda qatnashgan 42 nafar fuqaro zaharlandi
Holat boʻyicha Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi rasmiy maʼlumot berdi.

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi toʻyda qatnashgan 42 nafar fuqaro mayonezli salat isteʼmol qilib, zaharlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi xabar qildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Samarqand viloyat boshqarmasi bergan tezkor xabarnomasi yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Unga koʻra, joriy yilning 4-avgust kuni soat 05:30da Urgut tumani, “Jarqishloq” mahallasidagi “Toshpoʻlat ota” toʻyxonasida 2023-yil 3-avgust kuni oʻtkazilgan toʻy tadbirida ishtirok etgan 7 nafar fuqaro koʻngil aynish, qayt qilish, qorin sohasida ogʻriq, ich ketish va tana haroratini koʻtarilishi kabi shikoyatlar bilan tungi soat 02:00 dan boshlab ertalab 10.45 ga qadar 7 nafar bemor “Oʻtkir ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi bilan tuman yuqumli kasalliklar boʻlimiga, bir nafar bemor esa viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Shifoxonalarda bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatilayotganligi aytilmoqda.
Barcha bemorlar oʻz kasalliklarini 2023-yil 3-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida “Toshpoʻlat ota” toʻyxonasida isteʼmol qilingan mayonezli salatlar bilan bogʻlashgan.
Qayd etilgan holat yuzasidan Sanepidqoʻmita Urgut tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan olib borilgan epidemiologik surishtiruvlar natijasida toʻy egasi tomonidan toʻydan bir kun avval yaʼni 2-avgust kuni tayyorlangan salatlar dasturxonga tortilganligi aniqlangan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki salatlar dasturxonga qoʻyilgunga qadar saqlash qoidalariga rioya etilmagan uy sharoitida sovutgichsiz saqlangan, deyiladi xabarda.
Tibbiyot xodimlari tomonidan toʻy tadbirida ishtirok etganlarni aniqlash maqsadida uyma-uy yurib surishtirish oʻtkazilib, kasallik belgilari aniqlangan 41 nafar fuqaro tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Bemorlarning ahvoli oʻrta ogʻirlikda deb baholanmoqda, ogʻir bemorlar yoʻq. Ushbu holat Sanepidqoʻmita tomonidan toʻliq nazoratga olingan.



