So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Va nihoyat! “Malika”, “Poytaxt biznes majmuasi”, “Beldersoy oromgohi” sotildi
Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat koʻchmas mulk obyektlarining ommaviy savdo jarayonlari gʻoliblari belgilandi. Tegishli xususiylashtirish dasturiga koʻra, “Noʻkis vinozavodi” AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz ulushni xususiylashtirish koʻzda tutilgan.
Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi mazkur jamiyat ustav kapitalidagi aksiya paketini “Qarataw sawda bazasi” MCHJga 17,5 mlrd. soʻm xarid qiymati hamda 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan sotilgani toʻgʻrisida bayonot berdi.
Shuningdek, Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat koʻchmas mulk obyektlarining ommaviy savdo jarayonlari gʻoliblari belgilandi.
– “Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi boʻyicha savdolarda “Quadro IH DMCC” (BAA) kompaniyasi 164,0 mlrd. soʻm xarid qiymatini bir yoʻla toʻlash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 6,0 mln. AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan;
– “Malika” savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi boʻyicha savdolarda “Premium Prime Service” MCHJ 125,0 mlrd. soʻm xarid qiymatini bir yoʻla toʻlash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 100,0 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritish va 250 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan;
– “Beldersoy oromgohi” dam olish maskani (Kanat yoʻli bilan birga) boʻyicha savdolarda “Ulkan Mulk” MCHJ 107,0 mlrd. soʻm xarid qiymatini bir yoʻla toʻlash sharti bilan savdo gʻolibi deb topilgan.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoni talablariga koʻra, “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar Direksiya bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilinadi.