So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistondagi 4ta prezident maktabi xalqaro imtihonlarni oʻtkazish markazi sifatida tan olindi
Oʻzbekistonda A-LEVEL sertifikatlarini olmoqchi boʻlgan talabgorlarni roʻyxatga olish 20-yanvardan keyin boshlanadi, Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Prezident taʼlim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Agentlik xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq oʻquvchilarning STEAM fanlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyotini yoʻlga qoʻydi.
2021-yilda respublikadagi 4ta prezident maktabi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtdi. Natijada Cambridge Assessment International Education tashkiloti respublikadagi 4ta prezident maktabini, yaʼni Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shahridagi prezident maktablarini xalqaro imtihonlarni oʻtkazish markazi sifatida tan oldi.