So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sirdaryoda yer maydonlarini oʻzboshimcha egallab olish holatlariga chek qoʻyildi
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati, joriy yilning 6 oy davomida davlat yer va kadastr bilan bogʻliq qonun buzilish xolatlar boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilgani haqida maʼlumot berdi.
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan davlat yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 2023-yil 6 oy davomida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilmalar qurish boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazilganda 241 ta xolatda jami 292,7 gektar yer maydonlarida qonunbuzilishlari aniqlanib shundan 166 tasi 157,22 gektar yer maydonlari bartaraf etildi.
Ular tahlil qilinganda 3 ta xolatda 0,05 gektar yer maydoni uy-joylar qurish uchun, 19 ta xolatda 0,22 gektar yer maydoni noturar joylar uchun, 219 ta holatda 292.22 gektar yer maydoni boshqa maqsadlar uchun oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 2023-yilning birinchi yarim yilligida 930 ta huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonomalar rasmiylashtirilgan, shundan 883 tasi jismoniy shaxslarga 47 ta holatda yuridik shaxslarga nisbatan. Jami qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishlar summasi 2 mlrd 585,3 mln soʻmlik jarimani tashkil etgan.