So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Samarqand IIB 6 oylik hisobotini eʼlon qildi, vazir oʻrinbosari viloyatga kelgan
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Najmiddin Toʻraxoʻjayev va Samarqand IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov ishtirokida 2023-yilning 6 oyi davomida viloyatda jinoyatchilikning oldini olish borasida qilingan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato, kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar borasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 6 oy mobaynida 3926 ta jinoyatlar sodir etilgan, IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik bilan bogʻliq 430 ta holat aniqlanib, 56 kg. 295 gr. giyohvand moddalari rasmiylashtirilgan.
Viloyatda 2023-yil 30-mart kungi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mehanizmlarini belgilash toʻgʻrisidagi Qoʻshma qaror talablari asosida chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilib kelinishi natijasida, ogʻir tan jarohati yetkazish, talonchilik, avtoulov olib qochish hamda bosqinchilik jinoyatlari oshishiga yoʻl qoʻyilmagan.
Shuningdek:
– qotillik Bulungʻur, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi va Qoʻshrabot tumanlarida,
– ogʻir tan jarohati yetkazish Paxtachi, Toyloq va Qoʻshrabot tumanlarida,
– nomusga tegish Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Payariq, Samarqand va Qoʻshrabot tumanlarida,
– talonchilik Kattaqoʻrgʻon shahri, Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom va Qoʻshrabot tumanlarida, bezorilik Nurobod va Toyloq tumanlarida sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmagan.
Tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida umumiy jinoyatlarning 91,9 foizi (3926 tadan 3607 tasi) fosh etilib, 231 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan. Viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 25-fevralidan 25-martiga qadar “Havfsiz hudud”, “Nazorat” va “Jamaot xavfsizligi oyligi” tezkor profilaktik tadbirlari oʻtkazilgan.
Oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida 21 169 ta nizoli oilalar oʻrganilib, 18 727 tasining nizolari bartaraf etilgan. Mazkur oilalarda yashovchi 37 nafar xotin-qizlarga ximoya orderi berilgan.
Shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 977 nafar xotin-qizlarga himoya orderlar bilan taʼminlangan.
Bundan tashqari, maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri ostiga tushuvchi 718 nafar ilgari sudlanganlardan 548 nafariga 76,3 foiziga maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan. 6 oy davomida 3164 ta jinoyat ishlari boʻyicha tergov harakatlari olib borilgan boʻlib, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarardan 83 mlrd. 248 mln. soʻm undirilgan.
2023-yilning 6 oyi mobaynida viloyat hududida jami 13 871 ta,
- Yirik tadbirlardan, 4 marotaba oliy martabali mehmonlar tashrifi (Qirgʻiziston Respublikasi Bosh Vaziri Aqilbek Japarov tashrifi, Xitoy Xalq Respublikasi XUAR partiyasi qoʻmitasi kotibi Ma Sinjuy boshchiligida delegatsiya tashrifi, Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub xonim turmush oʻrtogʻi bilan tashrifi, Qatar Amiri-Shayx Tamim bin Hamad Al-Soniy tashrifi),
- 4 marotaba yirik sport tadbirlari (“Buyuk ipak yoʻli” halqaro turizm markazi halqa yoʻli boʻylab “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velosport va tez yurish marafoni, Sportning “Baydarka va Kanoedan eshkak eshish” hamda “Parakanoyedan eshkak eshish” boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati, “Yangi nafas” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni, Triatlon boʻyicha “2023 Asia Triathlon Cup Samarkand” Oʻzbekiston chempionati),
- Markaziy Osiyo, Rossiya davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi;
- Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 32 yillik anjumani tadbirlarida namunali jamoat tartibi saqlangan.
Amalga oshirilgan hamkorlikdagi tashkiliy va amaliy tadbirlar natijasida oʻtkazilgan ommaviy tadbirlar jarayonida jamoat tartibi hamda jamoat xavfsizligi toʻliq taʼminlandi, favqulodda va noxush holatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmagan.
“Yigʻilishda xizmat davomida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan qator rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi”, deyiladi IIB axborotida.