So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Oʻzbekiston Qirgʻizistonga arzimagan mablagʻ evaziga elektr energiya yetkazib bermayapti – Energetika vazirligi
Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikalari elektr energiyasini oʻzaro tovar ayirboshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qilgan.

Taʼkidlash kerakki, Markaziy Osiyo davlatlari energetika tizimi, xususan, Qirgʻiz va Oʻzbekiston Respublikalari energetika tizimi parallel ravishda ishlaydi.
Shuni hisobga olgan holda ikki mamlakat energetika kompaniyalari oʻrtasidagi kelishuvga asosan, elektr energiyasini yetkazib berish oʻzaro tovar ayirboshlash (olgan miqdori hajmida qaytarish) sharti bilan amalga oshiriladi.
Shunga asosan, 2023-yil bahor mavsumida Oʻzbekistondan Qirgʻiz Respublikasiga (ichki isteʼmol past davrda) 150 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Oʻz navbatida, kelishuvga asosan, ushbu hajmdagi elektr energiyasini Qirgʻiz Respublikasi Oʻzbekistonga yoz mavsumida qaytaradi. Shu bilan birga, Qirgʻiz Respublikasi mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi uchun shu davrda Norin daryosi orqali suv yetkazib beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi arzimagan mablagʻ evaziga Qirgʻiz Respublikasiga katta miqdorda elektr energiyasi yetkazib bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar shu jihatdan mutlaqo asossizdir.



