So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova olamdan oʻtdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi xabar bermoqda. Marhumaning vafoti munosabati bilan Milliy matbuot markazi uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildirgan.
Maʼlumot uchun, Dilbar Mahmudova dastlab jurnalist sifatida bolalar gazetasida faoliyatini boshlagan. “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri lavozimida ishlagan. “Sovet Oʻzbekistoni” (hozirgi “Oʻzbekiston ovozi”) gazetasida chorak asrdan ortiq vaqt davomida odob, axloq, tarbiya boʻlimini boshqarib, keyin nafaqaga chiqqan. Respublika matbuotida 300 dan ortiq publitsistik maqolalari eʼlon qilingan.
Dilbar Mahmudovaning “Yarim asr yonma-yon”, “Har maktubda umr lahzasi”, “Halima”, “Moʻyqalamda yozilgan roman”, “Sinmagan Surxon qizi”, “Mehr quyoshi”, “Osmonmisiz, quyoshmisiz yo oymisiz, buvijon!” kitoblari nashr etilgan.
Ustoz jurnalist maʼrifatparvar inson sifatida hamkasblari, shogirdlari, keng jamoatchilik qalbidan joy olgan. Jurnalistika sohasining samaradorligini yuqori bosqichga koʻtarishga munosib hissa qoʻshgan.