So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toʻra Bobolov Andijonda 480 gektarlik agroklaster faoliyati bilan tanishdi
Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Toʻra Bobolov Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida boʻlib, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturining hayotga tatbiq etilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, tadbirkorlar bilan muloqotlar oʻtkazgan. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, Toʻra Bobolov yetakchiligidagi masʼullar tumanda tashkil etilgan 55 gektardan iborat sanoat zonasi hamda BAAlik tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan 480 gektarlik agroklasterda boʻlib, uning faoliyati bilan tanishgan.

Yuqoridagi dasturning aholi bandligi borasidagi oʻrni, shuningdek, tadbirkorlar uchun koʻzda tutilgan imkoniyatlari xususida suhbatlar oʻtkazilgan.


Ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishilib, dasturning toʻlaqonli ishlashi uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar xususida koʻrsatmalar berilgan.
