So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Avtomobil boshqaruvidagi turli qoidabularliklar uchun jarimalar miqdori qancha?

Avtomobil boshqarishda yoʻl qoʻyilgan turli qonunbuzarliklar uchun jarimalar miqdori qancha ekanligini bilasizmi? Hozirgi kunda eng kam jarima xavfsizlik kamari taqmaslik va texnik koʻrik guvohnomasi hamda tibbiy aptechka yoʻqligi uchun qoʻllaniladi va uning miqdori 135 ming soʻmni tashkil qiladi.
Eng qimmat jarima miqdori esa 6 million 750 000 soʻm boʻlib, bunday jarima ruxsatsiz tonirovka tortib olganlar uchun qoʻllaniladi. Shuningdek, mast holda avtomobil haydash 4 million 050 000 soʻm jarima qoʻllanilishi yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish holatiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari agar siz qoʻllanilgan jarimani 15 kun ichida bersangiz 15 foiz chegirma belgilanadi. Quyida qavs bilan ajratilgan summalar aynan chegirma narxlar hisoblanadi.
- Xavfsizlik kamari taqmaslik - 135 000 (94 500) soʻm.
- Texnik koʻrik guvohnomasi, tibbiy aptechka yoʻqligi - 135 000 (94 500) soʻm.
- Hujjatsiz boshqarish - 270 000 (189 000) soʻm.
- Sugʻurtasiz haydash - 270 000 (189 000) soʻm
- Svetoforning qizil chirogʻida oʻtish - 540 000 (378 000) soʻm.
- Avtomobilni belgilanmagan joyga qoʻyish - 540 000 (378 000) soʻm.
- Telefonda gaplashish - 810 000 (567 000) soʻm.
- Davlat raqamisiz haydash - 1 350 000 (945 000) soʻm.
- Tezlikni oshirish, 20 km/s - 270 000 (189 000) soʻm.
- Tezlikni oshirish, 20-40 km/s - 1 350 000 (945 000) soʻm.
- Tezlikni oshirish, +40 km/s - 2 430 000 (1 701 000) soʻm.
- Qarama-qarshi tomonga harakatlanish - 2 700 000 (1 890 000) soʻm.
- Mast holda haydash - 4 050 000 (2 835 000) soʻm yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish.
- Ruxsatsiz tonirovka - 6 750 000 (4 725 000) soʻm.



