So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatida 2023-yilda 34 mlrdlik yer uchastkalari sotilgan
Joriy yilning birinchi yarim yillik davri mobaynida Toshkent viloyatida jami 404 ta yer uchastkalari 34 mlrd 327 mln soʻmga sotilgan. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli hamda 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori asosida 2022-2023-yilda qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boʻsh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, bugungi kunga qadar Toshkent viloyat hududida “Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga jami 7,257 ta yer uchastkalari yuzasidan takliflar kiritilgan.
Shundan 858 tasi qishloq xoʻjaligi yerlarida va muhofaza hududida joylashgani hamda boʻsh yer emasligi aniqlanib rad etilgan boʻlsa, 1,584 ta yer uchastkalari esa vakolatli idoralar tomonidan rad etilgan. Ayni paytda 2,244 ta yer uchastkalari onlayn savolarga chiqarilgan.
Shundan:
Mulk huquqi asosida tadbirkorlik faoliyati olib borish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun – 220 ta
Ijara huquqi asosida tadbirkorlik faoliyati olib borish va koʻp qavatli uy-joy qurish uchun – 3,396 ta
Joriy yilning birinchi yarim yillik davri mobaynida jami 404 ta yer uchastkalari 34 mlrd 327 mln soʻmga sotilgan.
Quyidagi tumanlarda boʻsh yer uchastkalari soni boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar qayd etilgan:
Quyi Chirchiq tumanida – 279 ta
Boʻka tumanida – 288 ta
Piskent tumanida – 446 ta