So`ngi yangiliklar
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Qoraqalpogʻistonda 20 nafar notariusning litsenziyalari bir oy muddatga toʻxtatildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 27-iyun kuni boʻlib oʻtgan 5-sonli majlis qaroriga asosan quyidagi 15 nafar notariuslar litsenziyalarining amal qilish muddati 27-iyun sanasidan eʼtiboran 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi:
1. E.Yerniyazova (QR 0051, 20.04.2021-yil);
2. A.Bazarbayev (QR 0053, 09.08.2021-yil);
3. M.Madireimova (QR 0054, 10.08.2021-yil);
4. A.Sarsenbayeva (QR 0052, 19.05.2021-yil);
5. Z.Tatlimuratova (QR 0005, 21.04.2020-yil);
6. N.Xasanova (QR 0046, 23.04.2020-yil);
7. I.Samandarova (QR 0043, 23.04.2020-yil);
8. D.Kudaybergenov (QR 0047, 02.09.2020-yil);
9. K.Kamalova (QR 0023, 22.04.2020-yil);
10. A.Atajanov (QR 0028, 22.04.2020-yil);
11. I.Najimov (QR 0033, 22.04.2020-yil);
12. B.Xodjametov (QR 0039, 23.04.2020-yil);
13. Z.Kamalova (QR 0027, 22.04.2020-yil);
14. M.Dauletmuratov (QR 0025, 22.04.2020-yil);
15. N.Kayipnazarov (QR 0017, 21.04.2020-yil).
Shuningdek, fuqarolar uchun noqulayliklar yuzaga kelishini hamda aholida notarial idoralarga nisbatan norozilik kayfiyati shakllanishini oldini olish maqsadida quyidagi 4 nafar notariuslar litsenziyalarining amal qilish muddati komissiya qaroriga asosan joriy yilning 28-iyul sanasidan eʼtiboran 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi:
1. N.Ernazarov (QR 0012, 21.04.2020-yil);
2. Sh.Raxmanov (QR 0038, 23.04.2020-yil);
3. D.Xodjabayeva (QR 0034, 22.04.2020-yil);
4. A.Atajanov (QR 0026, 22.04.2020-yil).
Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Xoʻjayli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius N.Xasanova faoliyatida notariat sohasiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan oʻtkazilgan rejali tekshirish natijasi boʻyicha bir qator kamchiliklar aniqlangan va mazkur holat yuzasidan malaka komissiyasiga 2023-yil 23-iyun kuni taqdimnoma kiritilgan.
Malaka komissiyasining 2023-yil 27-iyun kuni boʻlib oʻtgan 6-sonli majlis qaroriga asosan Xoʻjayli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius N.Xasanova (litsenziya QR 0046, 23.04.2020-yil) litsenziyasining amal qilish muddati komissiyaning 5-sonli majlis qaroriga asosan 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi.



