So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Uychi tumani sobiq hokimi vafot etdi
Uychi tumanining sobiq hokimi Tursunpoʻlat Mirzamahmudov 72 yoshida vafot etdi. Tursunpoʻlat Mirzamahmudov 1950-yili Namangan viloyatining Uychi tumanida tugʻilgan. 1975-yili Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
1978—1981-yillarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tekshirish instituti aspiranti, 1981—1990-yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali assistenti, 1990—1992-yillarda Oʻzbekiston kompartiyasi Uychi tuman qoʻmitasi kotibi, OʻzXDP tuman kengashi ikkinchi kotibi, 1992-yilda Uychi tumani hokimi oʻrinbosari, 1992—1994-yillarda Prezident devoni referenti boʻlgan.
1994—1999-yillarda Uychi tumani hokimi boʻlib ishlagan.
U 1999—2015-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida (hozirgi Namangan muhandislik-qurilish instituti) samarali faoliyat olib bordi, iqtisod fanlari nomzodi, professor ilmiy unvonlariga ega edi.
Tursunpoʻlat Mirzamahmudov 2020-yili “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangandi.