So`ngi yangiliklar
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Qoraqalpogʻiston, Fargʻona, Namangan: Respublika ishchi guruhi uch kunlik hisobotini eʼlon qildi
Prezident topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish va hal etish boʻyicha qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Har bir guruhga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalari masʼul xodimlari, 13 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.
Bugungi kunda ishchi guruh vakillari Qoraqalpogʻiston, Fargʻona va Namangan viloyatlarida oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida hal etish maqsadida uch kun davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
- Qoraqalpogʻiston:
Jami 7,3 km ichki yoʻllar shagʻallashtirildi. Aholiga qoʻshimcha 142,6 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 197 dona temir-beton ustunlar oʻrnatildi hamda 2,5 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida yangidan 1 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.
Kommunal xoʻjaligi sohasini yaxshilash borasida 5 ta koʻp qavatli uylarning tom qismini joriy taʼmirlash, kirish yulaklarini taʼmirlash, yertoʻla qismidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. ishlari olib borilmoqda. 34 ta koʻp qavatli uylarning muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Tijorat banklari tomonidan 1 386 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilishi taʼminlandi. “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarma”si mablagʻlari hisobidan subsidiya asosida jami 24,0 mln. soʻmlik tikuv mashinasi, overlok dazmol va payvandlash va oʻlchov uskunasi, kesish apparati yetkazib berildi.
- Fargʻona viloyati:
Ichki yoʻllarning jami 91,4 km qismi taʼmirlandi. Shundan, 47,8 km yoʻlga shagʻal yotqizildi, 43,6 km yoʻl asfalt qilindi. Aholiga qoʻshimcha 792,0 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 116 ta temir beton tayanchlar oʻrnatildi, 3,9 km tarmoq tortildi, 5 ta transformator taʼmirlandi.
Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida yangidan 11,8 km tarmoq tortildi, 11 ta suv nasosi oʻrnatildi. 42 ta koʻp qavatli uyda taʼmirlash ishlari olib borildi.
Tijorat banklari tomonidan 2 698 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Jami 534 nafar fuqaroning bandligiga koʻmaklashildi.
Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 185 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan 1,2 mlrd. soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.
- Namangan viloyati:
Ichki yoʻllarning jami 9,2 km qismi taʼmirlandi. Ichimlik suvi tizimidagi eskirgan suv tarmoqlari yangilandi, 3 dona suv tik quduqlari qayta tozalandi, 6 dona suv nasoslari yangilandi va 6 dona nasos agregatlari taʼmirlanib qayta oʻrnatildi. Aholiga qoʻshimcha 473,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 37 ta transformator punktlari mukammal taʼmirlandi, yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi, 48 dona eski simyogʻochlar yangilandi, 3,4 km mavjud elektr uzatish tarmoqlari almashtirildi.
Oilaviy poliklinikalarda 5 231 nafar bemorlarga bepul dori-darmon tarqatildi. 77 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaroga elektron pultli aravacha, 127 nafar fuqaroga 179,5 mln. soʻmlik reablitatsiya qilishning texnik vositalari berilgan.



