Qidirish

19:51 / 2023-06-19 433 0 Jamiyat

Yoʻl, suv, elektr, ijtimoiy soha obyektlari – Respublika ishchi guruhi Sirdaryoda aholining ogʻirini yengil qilmoqda

Aholi murojaatlariga yechim topish maqsadida Respublika ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida oʻrganishlarini olib bordi. Bunda asosan yoʻl, suv, elektr energiyasi taʼminoti hamda ijtimoiy soha obektlarining holatini yaxshilash kabi muhim masalalarga etibor qaratilgan.

world-news

Jumladan, Xovos tumanidagi “Oqchangal” hamda “Oʻzbekiston toʻkinchiligi” mahallalari aholisining murojaatlariga asosan 31 km ichki yoʻllarni tamirlash reja qilib olingan edi, bugungi kunga qadar 26 km taʼmirlandi. Bu ishlar hudud aholisining ogʻirini ancha yengil qilmoqda.

Oʻrganishlar asosida Sardoba tumanida ham ichki yoʻllar shagʻallashtirilmoqda. “Birlashgan” va “Fayzliobod” mahallalari hududidagi 2,5 km.ga yaqin ichki yoʻllarga tosh-shagʻal aralashmasi toʻkilib, maxsus texnikalar yordamida tekislangan.

Oʻrganishlar mobaynida elektr taʼminotida ham qator muammolar borligi koʻzga tashlandi. Aholining murojaatlariga asosan hududlarga 2 dona transformator, 61 dona temir-beton ustunlar oʻrnatildi hamda yangi elektr tarmogʻi tortildi.

Ogʻir hududlardagi ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash borasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Xovos tumanining olis “Oqchangal” mahallasi aholsini toza ichmlik suvi bilan taminlash maqsadida bitta tik quduq qazilib, ikkitasida tamirlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Mirzaobod tumani “Nurafshon” mahallasining aholisi 35 yildan buyon suv taʼminotidagi muammolardan qiynalib kelar edi. Respublika ishchi guruhining oʻrganishlari natijasida hududga bir dona tik quduq qazilib, 6 km ichimlik suvi tarmogʻi tortilgan. Shuningdek, bir dona tik quduqda tozalash ishlari amalga oshirildi. Buning uchun 1 mld 594 mln soʻm mablagʻ ajatilgan. Natijada mahalladagi 142 xoʻjalik toza ichimlik suvi bilan taminlanadi.

Guliston shahar aholisi yil sayin ortmoqda. Shuni inobatga olgan holda yangi suv inshootlari bunyod etilmoqda. Hududning “Yangi hayot” mahallasida qiymati 5 mlrd 605 mln soʻm boʻlgan 2 dona yangi tik quduq, suv xavzasi hamda suv stansiyasi barpo etilmoqda. Ayni kunda 400 metr chuqurlikdan toza ichimlik suvi olinmoqda.

Sirdaryo tumanining “Tinchlik” maxallasida xam qiymati 2 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan suv inshooti qurilishi nixoyasiga yetkazilmoqda. Axoliga 4 kilometrdan ziyod ichimlik suvi tarmogʻi tortildi. Natijada esa 3600dan ziyod axolining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoji yanada yaxshilanadi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, uning bandligini taʼminlash davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Xovos tumanida istiqomat qiluvchi Gulnora opa Bekqulova ham bankdan olgan imtiyozli 25 mln soʻm krediti evaziga tomorqasidan 6 sotixlik issiqxona tashkil etdi. Natijada oʻzi va oila azolari uchun qoʻshimcha daromad manbai paydo boʻldi.

Xovos tumanidagi yosh tadbirkorlardan biri Bekmirza Eshboyev “Oqchangal” mahallasida 6 mlrd soʻm mablagʻ evaziga “Yoshlar mehnat guzari”ni tashkil etdi. Unga Respublika ishchi guruhi hamda sektor rahbarlari tomonidan joy ajratishda ham imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berildi. Guzarda ayni kunda 40 nafar hudud aholisi ishlab kelmoqda. Toʻliq ishga tushgach yana 100 nafardan ziyod aholi ish bilan taminlanadi.

Bu kabi yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Respublika ishchi guruhi koʻmagida 636 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan 22 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi.

Shu bilan birga Mirzaobod, Sayxunobod, Xovos Boyovut, Sardoba, Oqoltin tumanlari va Yangiyer, Guliston shaharlaridan 118 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarma”si mablagʻlari hisobidan subsidiya asosida jami 1003,0 mln. soʻmlik tikuv mashinasi, motokultivatorlar, qandolatchilik uchun maishiy texnikalar, qurilish asbob-uskunlari yetkazib berilgan.

Respublika ishchi guruhi oʻrganishlari davomida aholidan ijtimoiy soha obyektlarining holatini yaxshilash hamda qoʻshimcha binolar qurish borasida koʻplab murojaatlar boʻlgan edi.

Guliston shahrining “Namuna” mahallasida qurib foydalanishga topshirilgan “Golden kiy” nomli bolalar bogʻchasi ham mazkur oʻrganishlar natijasi boʻldi deyishimiz mumkin. Maktabgacha talim tashkiloti 175 oʻringa moʻljallanan boʻlib, xozirda 150 nafar bolajonlar tabiyalanmoqda. Bino zamonaviy tarzda jihozlangan. Bogʻchada 5 ta guruh boʻlib, 20 nafar ishchi hodim mehnat qilishadi.

Guliston shahrining “Nurafshon” mahallasi aholisi ham ortgani sabali qoʻshimcha maktabga ehtiyoj sezildi. Aholi murojaatlariga asosan hududdagi 17-sonli maktab hovlisidan qoʻshimcha 240 oʻrinli binoni qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mirzaobod tumanidagi 2-sonli maktabgacha talim tashkiloti ham bir necha yilladan buyon tamirtalab ahvolda edi. Qolaversa, bola sigʻimi kamligidan hudud aholisi bolalari uchun bogʻcha izlab ovvora edi. Qilingan murojaatlarga asosan hududda 4 mlrd 252 mln soʻm mablagʻ evaziga 150 oʻrinli qoʻshimcha binoning qurish va tamirlash ishlari boshlab yuborildi. Bu kabi bunyodkorlik ishlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish