So`ngi yangiliklar
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Londonda ilk bor Oʻzbekiston madaniyati festivali boʻlib oʻtmoqda
Bugun, 17-iyun kuni Londonda, taniqli Tower Bridge koʻprigi yaqinida Oʻzbekiston madaniyati festivali boshlandi.

Ushbu tadbirda mehmonlar sharqona nozu- neʼmatlar, mashhur oʻzbek palovi, Markaziy Osiyo ustalarining koʻp asrlik anʼanalari bilan, shuningdek, Oʻzbekistondagi yangi manzil - Silk Road Samarkand sayyohlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻladilar.
Aytish joizki, bu kabi festival Londonda ilk bora oʻtkazilmoqda. Tadbirlar doirasida tumanli Albion aholisi va mehmonlari uchun Oʻzbekiston va uni hududlarining boy madaniy merosi, urf-odatlari, milliy taomlari va goʻzal joylari bilan tanishtiruvchi keng qamrovli dastur taqdim etilgan.
Festivalga tashrif buyurganlarning eʼtiborini ayniqsa milliy taomlar taqdimoti tortdi. Unda Oʻzbekistonning taniqli oshpazi Bahriddin Chustiy bir tonna xushboʻy palov pishirdi, Londonning eng yaxshi oʻzbek oshpazi Muzaffar Sodiqov esa turli xil mazali oʻzbek milliy taomlarini taqdim etdi.
Ushbu festival Londondagi oʻzbek diasporasi koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasi va “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan tashkil etildi.
Silk Road Samarkand sayyohlik markazi pavilyoni tadbir mehmonlarining alohida eʼtiborini tortdi. Bu yerda ular sayyohlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markazda 8 ta jahon darajasidagi mehmonxonalar va xalqaro kongress-markazi, shuningdek, shinam jamoat joylari, bogʻlar, dam olish va sport maydonchalari, konseptual restoranlar va madaniy inshootlar mavjud.
Pavilyon maydonida Silk Road Samarkand markazi vakillarining tashrif buyuruvchilar bilan muloqot qilishi va netvorking uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, u yerda mehmonlar oʻzaro fikr almashishi, kompaniya loyihalari va mehmonxona markazi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar.
Bekzod Zufarov, Silk Road Samarkand sayyohlik markazi direktori:
- Londonda birinchi marotaba oʻtkazilayotgan bunday keng koʻlamli festivalda ishtirok etish biz uchun katta sharafdir. Umid qilamizki, bu yerda taqdim etilgan zamonaviy Silk Road Samarkand klasterining pavilyoni mehmonlar eʼtiborini jalb qiladi va London aholisi uchun qayta-qayta tashrif buyuradigan manzilga aylanadi. Zero, majmuamiz, shubhasiz, mehmonxona xizmatining barcha xalqaro standartlariga javob beradi va ishonchim komilki, Samarqanddagi sayyohlik markazimizda yaratilgan muhit har bir mehmonda katta taassurot qoldiradi.
Festival oʻtkaziladigan joyda turli tanishtiruv sessiyalari ham tashkil etilgan. Masalan, stendlarning birida mashhur Samarqand qogʻozi, metall, loy va sopoldan nafis idishlar, paxta va ipakdan tayyorlangan matolar ishlab chiqarish haqida hikoya qilinadi. Madaniy dasturda Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkentning mashhur sanʼatkorlari va didjeylari faol ishtirok etdilar.
Shubhasiz, Londondagi Oʻzbekiston festivalining shu ikki kuni mehmonlarda eng yoqimli taassurot qoldirdi va ular Oʻzbekistonga tashrif buyurib, u bilan yanada yaqinroq tanishish istagini bildirdilar.



