So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Prezidentimizning saʼy-harakatlari bilan ilmga va ilm ahliga munosabat oʻzgardi, olimlarning qadri tiklana boshladi” — Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva Xivada boʻlib oʻtgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari va gʻolib hamda sovrindorlarini tabrikladi.
“Xivada boʻlib oʻtgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari va gʻolib hamda sovrindorlarini tabriklayman. Olimpiadada uch qitʼaning 16 davlatidan yosh olimlar ishtirok etdi”, deb yozadi Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda bunday nufuzli xalqaro olimpiadalar boʻlib oʻtishi bejiz emas.

“Prezidentimiz saʼy-harakatlari bilan ilmga va ilm ahliga munosabat oʻzgardi, olimlarning qadri tiklana boshladi. Taʼlimga yangi talablar qoʻyilyapti, butun tizim yangilanmoqda”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Maʼlumot oʻrnida, Xiva shahrida 11-17-iyun kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ilk marotaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi tashkil etildi.

Unda Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozogʻiston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston kabi mamlakat oʻquvchilari ishtirok etdi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medal sohiblari:
1. Mahmudov Abdulloh — Oʻzbekiston 2. Nazarov Azizbek — Oʻzbekiston 3. Efendiyev Rasul — Rossiya Federatsiyasi 4. Do Phy Quoc — Vetnam 5. Hakimova Shahzoda — Oʻzbekiston 6. Nguyen Nguyen Hai — Vetnam 7. Le Quang Truong — Vetnam 8. Nguyen Huu Tien Hung — Vetnam.