So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“Sholi yetishtirish qarorda koʻrsatilmagan, buzish qaysi qarorda koʻrsatilgan?” – Amudaryo hokimligi fermerlarga sholi ekmaslikni maslahat berdi, bungacha tumanda bir nechta sholi maydonlari buzib tashlangan edi
16-iyun kuni Effect.uzʻda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanida “Sherzod Jumaboyev” fermer xoʻjaligiga tegishli sholi dalasi ekskovator yordamida buzib tashlanganligi boʻyicha video tarqalgan edi.
Amudaryo hokimligining bayonotiga koʻra, videoda koʻrsatilgan sholi dalasi “Sherzod Jumaboyev” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlmasdan, aslida “Bazargul-Jumaboy” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli boʻlib, “Bazargul-Jumaboy” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tuman hokimining 2015-yil 8-iyun kungi 272 sonli qaroriga asosan baliqchilikni rivojlantirish maqsadida 4,9 gektar yer maydoni ajratilgan.
2023-yil hosili uchun barcha toifa xoʻjaliklari tomonidan yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining prognoz hajmi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 13-aprel kungi 120-13-0-Q/23-sonli qaroriga asosan joylashtirilganligini, prognozda Amudaryo tumanida jami 252 777 tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishi, shundan, sabzavot 40655 t, poliz 21460 t, kartoshka 19430 t, dukkakli ekinlar 1375 t, moyli ekinlar 2885 t, ozuqabop ekinlar 143 575 t, meva 20535 t, uzum 2761 t va boshqa ekinlar 102 tonna yetishirilishi belgilangan. Sholi mahsulotini yetishtirish esa qarorda koʻrsatilmagan.
Ammo “Bazargul-Jumaboy” MCHJ baliqchilikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan yerga sholi ekib, fermer, tomorqa yer egalarining, qoʻshni hududdagi mirishkor dehqonlarning suvsizlikdan aziyat chekishini inobatga olmasdan, oʻz manfaatini jamiyat manfaatidan yuqori qoʻyib sholi ekinini joylashtirgan.
Qolaversa, Amudaryo tumani Irrigatsiya boʻlimining maʼlumotnomasiga asosan, “Bozorgul-Jumaboy” MCHJ 2022-2023 gidrologik yilning shoʻr yuvish va vegetatsiya davrlarida Amudaryo tumani irrigatsiya boʻlimi Suv xoʻjaligi maxsus xizmati bilan shartnoma tuzmaganligi aniqlangan.
«Shu oʻrinda barcha toifadagi xoʻjalik rahbarlariga yuzlanmoqchimiz. Suv bu – xalq boyligi. Unda barcha fuqarolarning birdek haqqi bor. Joriy yilda kutilayotgan suv taqchilligi suv kam talab etiladigan ekinlarni ekishni taqozo etmoqda. Shunday ekan, yuqoridagi kabi holatlar sodir boʻlmasligi uchun, avvalo, insoniylik nuqtai nazaridan boshqa yurtdoshlarimizni ham ongli ravishda sholi mahsulotini joriy yilda ekmaslikni maslahat beramiz», deyiladi Amudaryo tumani hokimligi bayonotida.
Tahririyatdan: Sholi yetishtirish qarorda koʻrsatilmagan boʻlsa, lekin ekilgan sholini insofsizlarcha buzib tashlash yoki deylik hech qanday rasmiy hujjatsiz buzib tashlash qaysi qarorda koʻrsatilgan? Ustiga-ustak, amudaryolik fermerlarning tumandagi klasterdan 72 mlrdga yaqin haqqi bor. Qarzdorlik yopilmayotgani tufayli, fermerlar ishchi-xodimlarini va oʻzlarini moliyaviy taʼminlash uchun sholi ekishga majbur boʻlishgan. Shu kunlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpogʻistonda sholi yetishtirish masalasini aniq mexanizmlarini belgilab berishi kutilmoqda.