So`ngi yangiliklar
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Oʻzbekistonliklar xarid chekini roʻyxatdan oʻtkazish orqali 5 mlrd.dan ortiq keshbek yigʻishdi

Oʻzbekiston boʻylab 2022-yil 14-yanvar holatiga koʻra, 401 ming 604ta xarid cheklari keshbek uchun “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar qildi. Qayd etilishicha, jami keshbek summasi 5 milliard soʻmdan ortiqni tashkil etgan. Mobil ilovada 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan.
Shu bilan birga, cheklardagi maʼlumotlarni notoʻgʻri koʻrsatish, QR-kodli cheklarni bermaslik, boshqa shaxslarning cheklari hisobiga keshbekka ega boʻlish kabi isteʼmolchilar huquqlarini poymol qiluvchi, keshbek amaliyotiga salbiy taʼsir etuvchi holatlar kuzatilgan. Jumladan, savdo xodimlari tomonidan onlayn-NKM cheklarining nusxasini chop etgan holda xaridordan avvalroq roʻyxatdan oʻtkazish holati koʻp uchragan.
Shu bois isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida bir qator talablar oʻrnatilmoqda. Xususan, QR kodli chek birinchi marta “Soliq” mobil ilovasida skanerlanganda isteʼmolchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan maʼlumotlar bazasida avtomatik roʻyxatga olinadi.
Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali roʻyxatga olinganini koʻrsatuvchi eslatma paydo boʻladi. Shuningdek, har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni roʻyxatga olish tartibi joriy etiladi. 6-chek roʻyxatdan oʻtkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugagani toʻgʻrisida eslatma paydo boʻladi.



