So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Maʼlumotlarni yashirishga uringan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi. Mazkur mazmundagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayapti.
Taʼkidlash kerakki, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagan edi.
Yangi taklif etilayotgan loyihaga koʻra, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish jumladan, ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxatiga kiritilgan maʼlumotlarni eʼlon qilmaslik yoki toʻliq eʼlon qilmaslik, eʼlon qilish muddati va tartibini buzish yoki maʼlumotlarni notoʻgʻri koʻrsatish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda, agar shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi nazarda tutilmoqda.
Bunday huquqbuzarliklar boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzib, sudga yuboradi.
“Jamoatchilikning koʻplab muhokamalariga sabab boʻlib kelayotgan, kutilgan qonunning parlamentda koʻrib chiqilayotgani quvonarli hol, albatta. Endi davlat idoralari masʼullari ochiqlik masalasiga yanada masʼuliyat bilan yondoshishadi”, - deya qoʻshimcha qildi Kusherbayev.