So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Oʻzbekistonda 2030-yilga borib energiyaga boʻlgan talab 2 barobar ortadi
Kecha, 13-yanvar kuni Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi hamda Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot Strategiyasidagi ustuvor yoʻnalishlar mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda senatorlar, qoʻmita ekspertlari, vazirlik va idoralar masʼullari, OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.
Taʼkidlanganidek, uglevodorodlar zaxiralari yil sayin kamayib borib, jahon bozorida neft va gaz narxi koʻtarilmoqda, bu esa oʻz navbatida insoniyatga quyosh, shamol va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keng joriy etishni taqozo etmoqda.
Oʻzbekistonda islohotlarning jadallashuvi, sanoatning rivojlanishi, aholi soni koʻpayishi natijasida energiyaga boʻlgan talab keskin oshishi, 2030-yilga borib qariyb 2 barobarga ortishi kutilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda barqaror rivojlanish sohasidagi eng muhim milliy maqsad va vazifalaridan biri 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi manbalardan olinadigan energiya ulushini jiddiy ravishda koʻpaytirishdan iborat. Bu borada bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Shu maqsadda 2022-yilda Qoraqalpogʻistonda 1700 MVt.lik shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha loyiha bitimi imzolanishi rejalashtirilayotganligi alohida qayd etildi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan, quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni tizimli ravishda tashkil etish yuzasidan dastur ishlab chiqish taklifi berildi.
Bu borada “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻzda tutilgan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlarni joriy qilish orqali xorijiy investitsiyalar va mahalliy tadbirkorlarni sohaga jalb etish va kadrlar tayyorlash masalalari muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yigʻilishda bugungi kunda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot Strategiya loyihasida ham mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni kengaytirish orqali iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilganligi qayd etib oʻtildi.
Hujjat loyihasida iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 10 foizga qisqartirish maqsad qilingan.
“Energetika sohasida xususiy sektor ulushini oshirishni inobatga olgan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirish uchun zamonaviy “yashil” va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish Strategiyada oʻz aksini topganligi ishtirokchilar tomonidan taʼkidlandi.
Strategiya loyihasida 2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish koʻrsatkichini qoʻshimcha 40 mlrd kVt.soatga oshirib, jami 110 mlrd kVt.soatga yetkazish, 2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash hamda havoga chiqariladigan zararli gazlarning hajmini 8 mln tonnaga kamaytirish ham maqsad qilinginligi tilga olindi.
Bu borada Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 8ta shamol elektr stansiyalarni qurish hisobiga 4 GVt, 10ta quyosh fotoelektr stansiyalar ishga tushirish orqali 4 GVtga qoʻshimcha quvvatlarni barpo etishni qamrab olgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Yigʻilish ishtirokchilari sanoat tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish, uy-joy-kommunal hoʻjaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biri ekanligini alohida qayd etishdi.
Hujjat loyihasiga muvofiq xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida oʻz ehtiyojlari uchun issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish komponentini kiritish tartibi joriy etiladi.