So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada 3.5 milliard soʻmlik davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita MCHJ “raqobatlashgan”
Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida 3.5 millard soʻmlik davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita MCHJ “raqobatlashgan”i aniqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijasida Yozyovon tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida ichki xoʻjalik yoʻllarida amalga oshiriladigan joriy taʼmirlash ishlari uchun olinadigan TIB-B M-1 markali asfalt sotib olish maqsadida 2023-yil 10-aprel kuni oʻtkazilgan 3 mlrd 494 mln soʻmlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilishlariga yoʻl qoʻyilgan.
Davlat xaridida ishtirok etgan bitta manzilda faoliyat yurituvchi 2 ta MCHJning rahbari va taʼsischisi bir kishi ekanligi yaqqol koʻrinib turgan boʻlsada, mavjud affillanganlik holatlariga baho berilmagan va nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi oʻrganilmagan hamda holat boʻyicha tanlovni oʻtkazishni vaqtinchalik bekor qilish choralari koʻrilmagan.
Mazkur holatlar boʻyicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida Agentlik tomonidan 2023-yil 10-aprel kuni buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi hamda qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga yuborilgan.
Agentlikning taqdimnomasiga binoan Yozyovon tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2023-yil 11-aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan.