So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
2022-yilga moʻljallangan 420 oʻrin stipendiyalar kvotasiga kimlar ega chiqadi?
Joriy yilda 2022-yilga moʻljallangan stipendiyalar tanloviga buyurtmalar portfelini shakllantirish maqsadida respublikadagi 140 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilotlarning Jamgʻarmaning xorijda taʼlim olish dasturlariga boʻlgan real ehtiyoji oʻrganib chiqilgan.
Taʼlim dasturlari kesimida jami 2068 oʻringa, jumladan bakalavriatga 253 oʻrin, magistraturaga 1259 oʻrin va doktoranturaga 556 oʻringa ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.
Mazkur ehtiyojlardan kelib chiqib, Vasiylik kengashining 2021-yil 29-noyabrdagi 8-son bayoni bilan xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim olish uchun 2022-yilga moʻljallangan stipendiyalar kvotasi 420 oʻrin etib tasdiqlangan.
Mazkur kvotalar Jamgʻarma dasturlari kesimida quyidagi koʻrinishda eʼlon qilinmoqda. Jumladan, bakalavriatga 120 oʻrin, magistraturaga 180 oʻrin va doktoranturaga 120 oʻrin ajratilgan. "El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2022-yil uchun xalqaro tan olingan reyting agentliklari tomonidan oʻrganilgan dunyodagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalar, ishlab chiqarish, innovatsion kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning roʻyxati Jamgʻarma rasmiy veb saytida eʼlon qilindi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashining 2021-yil 27-dekabrdagi 9-son bayoniga asosan Jamgʻarmaning 2022-yilgi 1-stipendiya tanlovini tashkil etish va oʻtkazish maqsadida Vasiylik kengashi tomonidan nomzodlar hujjatlarini qabul qilish va saralash tanlovini oʻtkazish muddatlarini, saralash tanlovi oʻtkazish komissiyasi tarkibi va uning ish tartibini belgilandi.
Shu bilan birga, 2021-yil 21-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PQ-57-sonli qarori 6-bandiga muvofiq 2020-yildan boshlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargacha nogironligi boʻlgan iqtidorli yoshlarning ilgʻor xorijiy davlatlarda, shu jumladan, onlayn kurslarida taʼlim olishini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Stipendiyaga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yil 10-yanvardan 10-fevralga qadar, saralash tanlovini oʻtkazish esa 10-fevraldan 10-martga qadar amalga oshiriladi hamda stipendiya tanlovlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyati va oʻqish joyidan qatʼi nazar ochiq va barcha uchun yagona tartibda ishtirok etish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish “El-yurt umidi” jamgʻarmasi rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda va onlayn rejimida amalga oshirish choralari koʻrildi.
Jamgʻarma tomonidan 2021-yilda oʻtkazilgan tanlovlar natijalariga koʻra jami 371 nafar nomzodlar “Jamgʻarma stipendiati” deb eʼtirof etilgan boʻlib, bugungi kun holatiga ularning 303 nafari Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Belgiya, Latviya, AQSH, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belorussiya kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlariga taʼlim olish uchun yuborilgan.
2022-2026-yillar davomida Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha xorijga taʼlim olish uchun yuboriladigan yoshlar va mutaxassislar soni yildan-yilga oshirilib, 2021-yildagi 350 nafar oʻrindan 2026-yilga kelib 700 nafarga yetkazish belgilanmoqda.