So`ngi yangiliklar
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
“Hududiy boshqarma rahbarining na qonunlarga, na axloq va qadriyatlarga mos kelmaydigan harakatlari bizni chuqur larzaga soldi” – Adliya vazirligi
Adliya vazirligi Xorazmdagi 1-sonli oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari zoʻrlangani ortidan munosabat bildirdi. Maʼlumki, qizlarni zoʻrlagan ikki amaldordan biri Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan edi.

Adliya vazirligi tizimida ishlayotgan xodimlarning, xususan, rahbarlarning davlat xizmatchisi obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakat sodir etishdan tiyilishi, ularni jamiyat oʻrnatilgan axloq normalariga rioya qilishi yuzasidan muntazam choralar koʻrib boradi. Shu bilan birga, koʻp ming sonli xodimlarning har birini ishdan tashqari vaqtda odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish imkoniyati cheklangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda qayd etilgan vazirlik hududiy boshqarmasi rahbarining na qonunlarga, na axloq va qadriyatlarga mos kelmaydigan harakatlari bizni chuqur larzaga soldi. Ushbu jinoiy harakat haqidagi bizga maʼlum boʻlgan vaqtidayoq u lavozimidan ozod etilgan. Unga nisbatan tegishli sud hukmi chiqarilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Qonunchilikka koʻra, sudlar oʻz faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda olib boradi, oʻz hukm-qarorlarini mustaqil ravishda chiqaradi. Shu sababli Adliya vazirligi sobiq xodimga nisbatan sud hukmini sharhlash vakolatiga ega emas.
Takidlash joizki, yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ayollar hamda voyaga yetmaganlarni zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan oʻzgartirishlar toʻplami, keng jamoatchilik vakillari bilan bamaslahat, maromiga yetkazilgan holda qabul qilindi.
Ushbu oʻzgartirishlarga asosan, jinsiy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik yanada kuchaytirilmoqda, mazkur shaxslar uchun jazo tayinlashni yengillashtiruvchi holatlar, shu jumladan, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qoʻllash taqiqlanmoqda.
Mazkur qonun hozirda Senatda koʻrib chiqish uchun tayyorlanmoqda.
Adliya vazirligi jamiyatda xotin-qizlar, xususan, voyaga yetmagan va imkoniyati cheklanganlarni huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan barcha faollar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi.
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi



