So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar yana bir bor oshiriladi
2023-yilda Oʻzbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalarni yana bir bor oshirish rejalashtirilgan.
Birinchi oʻsish doirasida 1-apreldan pensiya va nafaqalar oʻrtacha 7 foizga, 1-maydan esa byudjet sohasi xodimlarining ish haqi oshadi.
Bundan tashqari, bunday oʻsish 2023-yilning sentyabrida ham kuzatilishi kutilmoqda. Yaʼni, ikkinchi oʻsish 1-sentyabrdan rejalashtirilgan boʻlib, davlat sektori xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar yana 10 foizga oshishi kerak boʻladi.
2023-yilda ish haqi va pensiyalarning ikki baravar oshishi hisobiga umumiy oʻsish oʻrtacha 17,7 foizni tashkil etadi. Natijada, ish haqini indeksatsiya qilish prognoz qilingan inflyatsiya darajasidan (10% doirasida) yuqori boʻladi.
Ayni vaqtda Prezident farmoni bilan 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshirildi.
Bunda:
– pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 soʻm;
– yoshga doir eng kam pensiyalar – 677 000 soʻm;
– ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 747 000 soʻm qilib belgilanadi.
1-maydan mehnatga haq toʻlash miqdori 7 foizga oshiriladi.
Bunda:
– mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 soʻm (bungacha 920 ming soʻm edi);
– bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 soʻm (bungacha 300 ming soʻm edi) qilib belgilanadi.