So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shavkat Yaxshiboyev Bogʻot hokimligi lavozimidan boʻshatildi. Tumanga yangi hokim tayinlangan
Bugun, 1-aprel kuni xalq deputatlari Bogʻot tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi, unda tashkiliy masala koʻrib chiqilgan. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Yaxshiboyev egallab turgan lavozimidan ozod qilingani munosabati bilan Bogʻot tumani hokimi lavozimiga Nazarov Jahongir Bahromovich nomzodini tavsiya etgan.

Maʼlumot uchun, Nazarov Jahongir Baxromovich bungacha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sessiyada viloyat hokimi Joʻrabek Raximov soʻzga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida belgilab berilgan vazifalar va ularni izchil amalga oshirish chora-tadbirlari xususida toʻxtalgan.

Bogʻot tumanining iqtisodiy salohiyati yuksakligi, hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar juda katta ekanligini taʼkidlab, ana shu masʼuliyatli vazifalarni bajarishda tumanning yangi rahbariyati va faollariga muvaffaqiyat tilagan.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Yaxshiboyev avvalroq Xorazm viloyati hokimligi Madaniyat va aholi dam olish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Bogʻot tumani 1926-yilda tashkil topgan, 1930-yilda Xonqa tumaniga qoʻshilgan, 1934-yilda esa Yangiariq tumani tasarrufiga oʻtgan. 1953-yilning mart oyida qaytadan tuman sifatida tashkil qilingan. 1959-yilda yana Yangiariq tumani tarkibiga qoʻshilgan. Bogʻot tumani 1970-yil 8-dekabrda qayta tashkil qilingan.
Tuman hududi 4433,5 kv.km. boʻlib, geografik jihatdan Xorazm viloyatining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Janubdan Turkmaniston bilan, sharqdan Hazorasp tumani bilan, shimoldan Qoraqalpogʻiston bilan, gʻarbdan Yangiariq va Xonqa tumanlari bilan chegaradosh.