So`ngi yangiliklar
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
Ukrainaliklar Oʻzbekistondan farmatsevtika kompaniyasini sotib oldi

Ukrainaning “Yuriya-Farm” kompaniyasi “Reka-Med” (Oʻzbekiston) farmatsevtika kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) matbuot xizmati xabar berdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Yuriya-Farm”ga kompaniyani sotib olishda yordam bergan, yaʼni 10 million yevro mablagʻ ajratdi. Bu Ukraina farmatsevtika kompaniyasiga Oʻzbekiston bozori uchun dori vositalari ishlab chiqarish imkonini beradi.
Qayd etish joizki, “Yuriya-farm” xorijga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning 30 foizidan 15 foizi Oʻzbekistonga toʻgʻri keladi.
“Bu kelishuv Ukrainada ham, Oʻzbekistonda ham dori vositalarining mavjudligi va arzonligini oshiradi. Shuningdek, u “Yuriya-Farm”ning rentabelligini oshiradi va Ukrainadan tashqarida qoʻshimcha ishlab chiqarish maydonchasini joylashtirishda ishlab chiqarish xatarlarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi”, — dedi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa va Kavkaz boʻyicha boshqaruvchi direktori Matteo Patrone.
Maʼlumot oʻrnida, Yuria-Farm tarixi 1990-yilda Mixail Gumenyuk tomonidan asos solingan kompaniya M.T.K. Tibbiyot markazi deb atalgan paytdan boshlangan. 1998-yilda kompaniya oʻz faoliyatini “Yuriya-Farm” MCHJ sifatida davom ettirdi.
Ukrainada farmatsevtika kompaniyasi 3 foiz bozor ulushini egallaydi va yillik ishlab chiqarish 290 million dona mahsulotga yetadi.
“Reka-Med” QK 2006-yilda tashkil etilgan va Sirdaryo viloyatida joylashgan. Kompaniya tibbiy yechimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.



