So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Oʻzbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi
Bugun, 29-mart kuni Toshkentda sanitariya-gigiyenik shoxobchasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mirobod tumani, Lokomotiv koʻchasida joylashgan ushbu shoxobcha erkaklar, ayollar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan hojatxonalar, yuvinish xonasi hamda xodimlar uchun moʻljallangan xonani oʻz ichiga olgan. Bu Oʻzbekistondagi birinchi avtomatlashtirilgan sanitar-gigiyenik shoxobcha hisoblanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi «Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Madaniyat va turizm vazirligining tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalarni qurish uchun 80 – 100 kvadrat metr oʻlchamda yer maydonlarini elektron auksionga qoʻymasdan olish imkoniyati yaratilgandi.
Mazkur imtiyoz natijasida respublika boʻyicha 150 nafardan ortiq tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalar qurish uchun tegishli yer maydonlari ajratildi. Shu jumalan, Toshkent shahar hokimligining tegishli qarori bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Lokomativ koʻchasi, 4-uy, 5-xonadon yonidagi boʻsh turgan yer maydoni tadbirkor fuqaro Kamoliddin Danaboyevga zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobcha qurish uchun berildi. Tadbirkor esa bugun barcha qulayliklarga ega, avtomatlashtirilgan, smart rejimi asosida ishlaydigan shoxobchani foydalanishga topshirdi. Kelgusida bunday shoxobchalarning sonini yanada oshirish, boshqa hududlarda ham kunu tun ishlaydigan shoxobchalar qurish rejalashtirilgan», – dedi Madaniyat va turizm vazirligi boʻlim boshligʻi Muhayyo Hayitova.
- Taʼkidlash joizki, mazkur shoxobchaning boshqa shu singari shoxobchalardan asosiy afzalligi uning avtomat rejimda ishlashi va eng zamonaviy sanitar-gigiyenik moslamalar bilan jihozlanganligidir. Qolaversa, unda jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan shaxslar, yosh bolali ota-onalar qulay foydalanishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan.
«Madaniyat va turizm vazirligi, Toshkent shahar hokimligi yordamida zamonaviy, hamma talabga javob beradigan shoxobchani qurib bitkazdik. Shoxobchani qurishda Xitoy, Belarus, Rossiya kabi xorijiy davlatlardan keltirilgan zamonaviy texnika vositalaridan foydalandik.
Aholining har bir qatlami uchun qulaylik yaratishga harakat qildik. Shoxobchamiz avtomatlashtirilgan rejimda ishlaydi. Har bir jarayon uchun alohida vaqt belgilangan.
Agar, masalan, hojatxonaga kirgan fuqaroning salomatligida biror muammo yuzaga kelsa yoki boshqa sabab bilan uzoq qolib ketsa, signal chalinadi va ogohlantiriladi. Shuningdek, ayollar hojatxonasida alohida avtomatik tarzda ishlaydigan savdo burchagi tashkil etilgan. Bunda ayollar farzandlari uchun pampers va shunga oʻxshash narsalarni xarid qilishlari mumkin. Shoxobchamiz kunu tun ishlaydi», — dedi tadbirkor Kamoliddin Danaboyev.
Oʻzbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqov mazkur shoxobchaning aynan nogironligi bor insonlarga qulayliklari haqida gapirdi.
“Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan hojatxona juda qulay. Negaki ichi juda keng, aravachada bemalol harakatlanish mumkin. Bundan tashqari, favqulotda vaziyatlar uchun moʻljallangan SOS tugmasi bor, yaʼni nogironligi boʻlgan shaxs agar salomatligida biror muammo yuzaga kelsa, shu tugmachani bosib, yordam chaqirishi mumkin. Umuman olganda, har bir detalga alohida eʼtibor qaratilgan. Bunday sanitar-gigiyenik shoxobchalarni yanada koʻpaytirish lozim”, — dedi Oybek Isoqov.