So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Tadbirkorlar huquqlari buzilishiga oid ayrim huquqbuzarliklarni Biznes-ombudsman koʻrib chiqadi
“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun (OʻRQ–744-son, 11.01.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, quyidagi huquqbuzarliklarga oid ishlar Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Vakil) va uning devoni xodimlari tomonidan koʻrib chiqiladi:
— jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish (tadbirkorlar murojaatlari qismida) (43-modda);
— yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish (tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilishi qismida) (2002-modda);
— hususiy mulk huquqini buzish (2411-modda);
— tadbirkorlar faoliyatini tekshirish va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish (2412-modda);
— tadbirkorlar faoliyatini va (yoki) ularning bank operatsiyalarini qonunga xilof toʻxtatib turish (2413-modda);
— tadbirkorlarni homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish (2414-modda);
— imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish (2416-modda);
— tadbirkorlar hisobvaraqlarida pullari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni qonunga xilof talab qilib olish (2418-modda);
— tadbirkorlardan qonunchilikni buzgan holda hujjatlar talab qilib olish (24110-modda).
Mazkur Qonun qabul qilingungacha ushbu huquqbuzarliklar jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan.
Vakil nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima qoʻllashga uning oʻrinbosarlari va Vakil devoni bosh inspektorlari haqli.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.