So`ngi yangiliklar
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Maxsus koloniyadan qochib, 14 yoshli qizni o‘ldirgan xavfli resedevist 23 yilga qamaldi
Manzil koloniyaning tarbiyaviy ishlar bo‘limi turkum boshlig‘i lavozimida ishlagan xodim xavfli resedevistni nazoratsiz qoldirgani va odam o‘lishi sabab bo‘lgani uchun qamoqqa olingan.

Sirdaryo viloyatida qamoqdan qochib, 14 yoshli qizchani pichoqlagan erkakka hukm qilindi. Bu haqda “Zamon” telekanali xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, muqaddam 11 marotaba o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlar bilan sudlangan 26 yoshli erkak manzil koloniyasidan qochib ketib, vahshiy qotilikka qo‘l urgan.
Xavfli resedevist 2022 yil 20 avgust kuni soat 04:00 da Xovos tumani Minor ko‘chasida joylashgan uylarning biriga o‘g‘irlik qilish maqsadida kirib, pul va boshqa qimmatbaho buyumlarni izlab turgan vaqtida uni ko‘rib qolgan 14 yoshli qizni pichoqlab o‘ldirgan.
Qotil shu bilan jinoyatini yakunlamagan, u boshqa xonada namoz o‘qishga tayyorlanayotgan ayolga pichoq bilan tahdid qilib, undan pullarni topib berishni talab qilgan.
O‘z maqsadiga yeta olmagan qotil, uyning tom qismidan qo‘shni uyga tushib, velosipedni o‘g‘irlab ketgan. Shundan so‘ng, gumonlanuvchi va u bilan kelgan kirakash prosessual tartibda qamoqqa olingan.
Shuningdek, manzil koloniyaning tarbiyaviy ishlar bo‘limi turkum boshlig‘i lavozimida ishlagan xodim ham xavfli resedevistni nazoratsiz qoldirgani va odam o‘lishi sabab bo‘lgani uchun qamoqqa olingan.
Xavfli resedevist Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, oxirgi marotaba 2018 yil bosqinchilik jinoyatini sodir etgani uchun jazoni o‘tayotgan bo‘lgan.
Sirdaryo viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov ha’yati apellyasiya instanssiyasida sudlanuvchining apellyasiya shikoyati qanoat etilmagan.
Qotillikni sodir etgan shaxs O‘zR JKning 97 modda (2 qism “v”, “i” bandlari), 164 modda (3 qism “a”, “v” “g” bandlari), 169 modda (3 qism “a” bandi) va 222 moddasi 1 qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzil-kesil uzoq muddatli 23 yilga qamaldi. Maxsus koloniya xodimi esa 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.



