So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada 14 yoshli qiz oʻzini koʻp qavatli uyning tomidan tashlamoqchi boʻldi
Maktab oʻquvchisi oʻgay otasi bilan yuz bergan mojarodan soʻng, oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoqda Fargʻona shahrida maktab oʻquvchisi boʻlgan qiz oʻzini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi boʻlgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, 14 yoshli qiz D.K. (maktab oʻquvchisi) oʻgay otasi bilan oʻzaro janjallashib qolishi natijasida Fargʻona shahri Tarona koʻchasida joylashgan 16 qavatli uyning tomiga chiqib olgan hamda u yerdan pastga oʻzini tashlab, oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan. Voqea joyiga borgan Fargʻona shahar IIB va FVV xodimlari D.K.ni tomdan sogʻ-omon tushirib olishgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.