So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Mazhabga ergashmaganlarga birodar sifatida nasihatimiz!” — Muftiy hazrat
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari tomonidan koʻp bahs-munozalarga sabab boʻlayotgan, eʼtiqodimizga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan va yoshlarni toʻgʻri yoʻldan adashtirayotgan tahdidlarning oldini olish maqsadida, “Ixtiloflar va yechimlar” nomli turkum suhbatlarni eʼlon qilish maqsad qilindi.
Mana shunday suhbatlarning ilk mavzusi “Mazhabga ergashishning zarurati va foydalari” deb nomlanib, hozirgi kunda xalqimiz mazhabga ergashishi muhimligi, foydalari va aksincha mazhabsizlik zararlari toʻgʻrisidagi soʻz yuritiladi. Unda mazhabga amal qilmaydigan va unga ergashuvchilarni mensimaydigan yoshlarga pandu nasihatlar qilinadi.
Masjidlarda ayrimlarning noodatiy shaklda namoz oʻqishi ikkilanish va boʻlinishlarga sabab boʻlayotgani afsus bilan qayd etiladi. Bunday vaziyatda bir mazhabga ergashish, masjid imomiga iqtido qilish va turfa xillikning oldini olish eng toʻgʻri yoʻl ekani taʼkidlanadi.
“Azaldan diyorimizda Hanafiy mazhabiga amal qilingani, asrlar davomida ixtilof boʻlmagani va bunday muammolarning yechimlari hujjat-dalillar asosida bayon etiladi. Alloh taolo ushbu loyihani moʻmin-musulmonlarga foydali qilib, muvaffaqiyat ato etsin”, — deyiladi xabarda.