So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mehriddin Abdullayev “Oʻzbekneftgaz” raisligidan ozod etildi. AJga yangi rais tayinlangan
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoshlik konini oʻzlashtirish boʻyicha loyiha ofisi rahbari lavozimida ishlab kelgan Bahodirjon Sidiqov “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
U 2019-2020-yillarda “Oʻzbekneftgaz”ga rahbarlik qilgan.

Maʼlumot uchun, “Oʻzbekneftgaz”ga 2020-yil yanvaridan buyon Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilayotgandi. 2022-yil dekabrida energiya taʼminotidagi kamchiliklar uchun boshqa masʼullar qatori Abdullayev ham hayfsan olgandi.

2023-yil mart oyi boshida imzolangan prezident qaroriga asosan, 31 ta yirik davlat korxonasi, xususan “Oʻzbekneftgaz”ning davlat aksiya paketlari boʻyicha aksiyadorlik funksiyasi Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga oʻtkazilgan edi.