So`ngi yangiliklar
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
“Tibbiyot xodimi — insonlar taqdiriga, hayotiga masʼul shaxs” — Inoyatov
Sogʻliqni saqlash vaziri talabalar bilan muloqot oʻtkazib, “Simulyatsion markaz” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Bugun Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, ushbu muloqotda vazir yoshlarning fikr-mulohaza va takliflariga quloq tutdi. Ularni qiynayotgan masalalar yechimi yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi. Oʻz navbatida, rejalashtirilayotgan yangiliklar xususida toʻxtaldi.
“Tibbiyot xodimi — insonlar taqdiriga, hayotiga masʼul shaxs. Shifokorlik kasbi shuning uchun ham ulugʻ va masʼuliyatli. Egnidagi oq xalatga loyiq, qasamyodiga sodiq mutaxassislar tayyorlash uchun esa, avvalo, tibbiy taʼlim tizimi ilgʻor boʻlishi kerak.
Davlatimiz rahbari tomonidan eʼlon qilingan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da asosiy eʼtiborni tibbiyot oʻquv yurtlari faoliyatini transformatsiya qilishga qaratamiz. Buning uchun vazirlik bor imkoniyatlarni ishga soladi”, — dedi Inoyatov.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Toshkent davlat stomatologiya instituti Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan Oʻzbekistondagi yagona oliy taʼlim muassasasi. Xalqaro ISO sertifikatiga ega. Bitiruvchilar diplomi jahon miqyosida tan olinadi.
Bu yerga oʻqishga qabul qilingan talabalar chet eldagi tengdoshlari kabi ilgʻor texnologiyalar orqali taʼlim olishi, institutning 140 ortiq xorijiy hamkor tashkilotlarida oʻz bilim va mahoratlarini oshirishi mumkin.
Dunyoning 110 davlatidan 1500 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari ishtirok etgan “Times Higher Education”ning 2022-yil uchun “Impast” nufuzli xalqaro reytingidan Toshkent davlat stomatologiya instituti ham munosib oʻrin egallagani faxrli natija.
Hozir institutning 5 ta fakulteti, magistratura va ordinatura yoʻnalishlarida jami 5058 nafar talaba tahsil olmoqda.
Ularning 500 nafari AQSH, Koreya, MDH davlatlari fuqarolaridir. Qolaversa, talabalarga dars berayotgan 400 dan ortiq pedagoglarning 60 nafari — Yevropa va Osiyo davlatlaridagi yetakchi universitetlar professorlari.
“Simulyatsion markaz”, 20 dan ziyod oʻquv va amaliy laboratoriyalar, 30 dan ortiq kasbiy toʻgaraklar mashgʻulotlarni xalqaro standartlar va ilgʻor metodiklar asosida tashkil etish imkonini bermoqda.
Oʻz navbatida, shu kungacha institut talabalaridan 6 nafari Prezident stipendiyasi, 9 nafari nomdor stipendiyalar, 20 nafari Turkiyaning “Nobel” kompaniyasi stipendiyasiga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, xalqaro olimpiada va tanlovlarda 221 nafar, respublika miqyosida esa 300 dan ortiq talaba faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
“Shu yil may oyida 11 ta tibbiyot oliy oʻquv yurti talabalari orasidan “Sogʻliqni saqlash vaziri stipendiyasi” gʻoliblarini eʼlon qilamiz. U har bir OTMdan 5 nafar iqtidorli yigit-qizga, jami 55 nafar talabaga ajratilib, miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasiga teng boʻladi.
Qolaversa, stomatologiya yoʻnalishida xorijiy davlatlarga bilim va malaka oshirish uchun yuboriladigan talabalar va pedagoglar soni oshiriladi. Nanotexnologiya, IT-texnologiya sohalarini jadal rivojlantiramiz. Klinik kafedralarni tibbiyot markazlariga joylashtirish choralarini koʻramiz”, — deb qoʻshimcha qildi vazir.
Shuningdek, vazir institutning 150 oʻringa moʻljallangan yotoqxonasi sigʻimi kichikligi, hozirgi mavjud talabga javob bermasligi bois yaqin kunlarda 450 oʻrinli zamonaviy talabalar turarjoy binosi foydalanishga topshirilishini maʼlum qildi.
Muloqotda Inoyatov ishtirokchilarning barcha savollariga javob berdi. Binobarin, institutda tashkil etilgan “Simulyatsion markaz” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.