So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Vayronalar ostidan olib chiqilgan 5 yoshli qizcha vafot etdi
Avvalroq qizchaning buvisi Nurzada Utambetova gaz portlashi sabab vafot etgandi.
Nukusdagi portlash oqibatida vayronalar ostidan olib chiqilgan 5 yoshli qizcha shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.
Xabaringiz bor, joriy yilning 29-yanvar kuni Nukus shahridagi “Temir jol” mahallasidagi koʻp qavatli uyning yuqori qavatida portlash yuzaga kelgandi. Baxtsiz voqea ortidan besh kishi halok boʻlib, 3 kishi jabrlangan edi.
Oradan bir necha oylar oʻtgandan soʻng, jabrlanganlar orasida shifoxonaga olib kelingan T.E yurak va oʻtkir nafas yetishmovchiligi tufayli olamdan oʻtgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq qizchaning buvisi Nurzada Utambetova gaz portlashi sabab vafot etgandi. Shuningdek, ushbu oilada yana ikki kishi — qizchaning onasi va 100 kunlik chaqaloq ham portlashda yorugʻ olamni tark etgan edi.