So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Zangiotadagi klinikaga yangi jamoat transporti yoʻnalishi qoʻyiladi — SSV
Yangi yoʻnalish 21-martgacha ishga tushurilishi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi vaqtinchalik koʻchirilgani va jamoat transporti mavjud boʻlmagani xodimlarga noqulaylik tugʻdirayotgani toʻgʻrisida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan SSV rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining taʼkidlashicha, ushbu holat yuzasidan amaliy yordam soʻrab Transport vazirligiga murojaat qilingan.
Natijada 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yangi shahar jamoat transporti yoʻnalishini tashkil etish yuzasidan Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati transport boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan atroflicha oʻrganish ishlari olib borilgan.
Oʻrganish natijasiga koʻra, shifoxonadan 5-metro bekatigacha boʻlgan masofa 6,9 km.ni tashkil etayotgani, shifoxonaga kelib-ketayotgan ishchi-xodimlarga noqulayliklar yuzaga kelayotgani sababli yangi avtobus yoʻnalishini tashkil etish maqsadga muvofiqligi maʼlum boʻldi.
Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi bergan maʼlumotiga koʻra, hozirgi kunda metro bekatidan Zangiotadagi klinikaga qadar 154-sonli yoʻnalish ishlab chiqilib, tenderga qoʻyilgan. Yoʻnalish tender oʻtkazilgandan soʻng 21-martgacha ishga tushiriladi.



