So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Uzbekistan Airways”ga yangi rahbar tayinlandi
Shuxrat Xudaykulov 2006-yil “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK jamoasiga kelib qoʻshilgan va oʻz faoliyatini “Toshkent” halqaro aeroportining aviatashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan.
“Uzbekistan Airways” AJ yagona aksioneri – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga koʻra, joriy yilning 10-mart kuni “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi etib Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich tayinlandi.
Shuxrat Xudaykulov 1984-yil 26-iyul kuni Urganch shahrida tavallud topgan. Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetining “Aviatsiya tashuvlarini tashkil etish” mutaxasisligini tamomlagan.
Shuxrat Xudaykulov 2006-yil “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK jamoasiga kelib qoʻshilgan va oʻz faoliyatini “Toshkent” halqaro aeroportining aviatashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan.
2006-2019-yillar oraligʻida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKʻda turli lavozimlarda, jumladan aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari, milliy aviakompaniyaning sotuvlar departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
2019-yildan ““Uzbekistan Airways” AJda tijorat va turizm boʻyicha Boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.