So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Umumxalq xayriya hashari 18-mart kuni oʻtkaziladi
“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida 2023-yil 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi haqida avval xabar berilgan edi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navroʻz umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik koʻrish va uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida 2023-yil 11-martdan 18-martga koʻchirildi.
Eslatib oʻtamiz, hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladi.