So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻzbekistondan kelgan qutqaruvchi itlar Turkiyadagi odamlarni qutqarishga katta hissa qoʻshdi” — Anadolu agentligi
“Baron” laqabli it bilan qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etgan oʻzbekistonlik kinoolog Turkiya nashriga qisqa intervyu berdi.
Turkiyada vayron boʻlgan uylar ostidan odamlarni qutqarishda Oʻzbekistondan kelgan maxsus oʻqitilgan itlar muhim rol oʻynadi, deya xabar bermoqda Turkiyaning Anadolu nashri.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston nomidan qidiruv-qutqaruv guruhida 5 ta maxsus itlar va kinologlar boʻlgan. Ular Hatay viloyatining etnik oʻzbeklar yashaydigan Ovakent qishlogʻida odamlarni qidirishda ishtirok etgan.
“Baron” laqabli it bilan qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etgan oʻzbekistonlik kinoolog Turkiya nashriga qisqa intervyu berdi.
Kinologning aytishicha, oʻzbekistonlik qutqaruvchilar tabiiy ofat hududiga yetib kelganidan soʻng darhol ishga kirishishgan. Shu kuni itlar yordamida 81 yoshli ayol vayronalar ostidan qutqarib olingan.
Erkak birinchi marta bunday katta halokatga duch kelganini va boshqalar bilan birgalikda odamlarni qutqarish uchun harakat qilganini taʼkidladi.
“Oʻrgatilgan itlar yetib borish qiyin boʻlgan, qutqaruvchilar kira olmaydigan joylarga kirib ketishi mumkin.
Oʻrgatilgan it vayronalar ostidagi odamga darhol munosabat bildiradi. It tirik odam topib qolsa baland ovozda hurradi, marhumning jasadi boʻlsa ingraydi”, - deydi u.
6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 46,1 ming kishidan oshdi.
Vayronkor zilzila qoʻshni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.