Qidirish

13:35 / 2023-03-06 395 0 Jamiyat

Termiz shahar XTB mudiri ikkita maktabni talon-toroj qilgani rostmi?

Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Termiz shahar boʻlimi tomonidan tekshirish oʻtkazildi.

world-news

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahar XTB mudiri O.S. hududdagi 22 va 25-sonli maktablarni talon-toroj qilganligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi bayonot berdi.

Maʼlum qilinishicha, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Termiz shahar boʻlimi tomonidan tekshirish oʻtkazildi.

Unda “F.S.” MCHJ rahbari A.X. tomonidan shahar Xalq taʼlimi boʻlimi tizimidagi 22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi schyot-faktura maʼlumotlari”ga aslida bajarilmagan 247,1 mln. soʻmlik qurilish-montaj ishlarini qoʻshib yozish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

2022-yilning 28-noyabr kuni Departmentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan “F.S.” MCHJ rahbari A.X. va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida jinoyat ishi boʻyicha aniqlangan zarar “F.S.” MCHJ rahbari A.X. tomonidan toʻliq qoplangan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan JIB Termiz shahar sudiga yuborilgan.

Shuningdek, tergov davomida jinoyat ishining shahar XTB mudiri O.S.ga nisbatan qismi, uning harakatida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli tugatilib, MJtKning 175-8-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli unga nisbatan ushbu modda bilan toʻplangan hujjatlar mazmunan koʻrib chiqishlik uchun JIB Termiz shahar sudiga yuborilgan.

Sudning 19.01.2023-yildagi qaroriga koʻra, shahar XTB mudiri O.S. MJtKning 175-8-moddasi 3-qismi (davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) bilan aybli deb topilib, jarima jazosi tayinlangan.

Termiz shahridagi 25-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.09.2018-yildagi 3931-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 27.04.2021-yildagi 243-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekistn Respublikasi Xalq taʼlimi tizimidagi tashkilotlarda byudjetdan tashqari jamgʻariladigan mablagʻlarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari buzilganligi aniqlangan.

Yaʼni, Termiz shahar hokimininng 22.02.2021-yildagi Q-264-sonli qaroriga asosan shahardagi 25-sonli maktabning eski binosini buzish belgilangan.

Ushbu qarorga asosan 25-sonli maktabning eski binosi buzilib, buzilishdan chiqadigan yaroqli qurilish materiallari elektron birja orqali 55,7 mln. soʻmga sotilganligi toʻgʻrisida maktab direktori R.S. va sotib oluvchi B.Y.lar oʻrtasida 26.04.2021-yilda 21/26-sonli tasdiqlangan shartnoma tuzilgan.

Ushbu holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilib, biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli 30.10.2021-yilda jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad qilingan.

Izohlar 0

Fikr bildirish