So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda 2022-yilda 12 millionga yaqin ichki sayohat amalga oshirildi — Madaniyat va turizm vazirligi
Uchrashuvda 2023-yilda ichki turizm sohasida oldinga qoʻyilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish masalasi muhokama qilindi.
Madaniyat va turizm vazirligida ichki turizmni rivojlantirishga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
Unda vazirlik boʻlim boshligʻi Zarrina Abdullayeva, mutasaddilar hamda turizm sohasidagi yirik tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohani rivojlantirish, xususan, 2023-yilda ichki turizm sohasida oldinga qoʻyilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish masalasi muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda turizm sohasiga berilgan imkoniyatlar, jumladan, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Qonun, qonun osti hujjatlar, farmon h-*amda qarorlar natijasida ichki turizm rivojlanmoqda.
Uchrashuv doirasida maʼlum qilinishicha, 2022-yil davomida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida 11 435 000 ta (2021-yilga nisbatan 1,9 barobar koʻp) ichki sayohatlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 700,1 mingta mehnat jamoalari sayohatlari, 37,9 mingta ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar sayohatlari, 1,4 mingta notinch oilalar sayohatlari, 588,3 mingta yoshlar hamda nuroniylar sayohatlari hamda 10 mln 107,4 mingta mahalliy aholi sayohatlari tashkil qilindi.
Taʼkidlash kerakki, uchrashuvda turizm turlarini rivojlantirish, ayniqsa, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish turizmning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolayotganligi alohida taʼkidlandi.