So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda mollar poddasini hokimiyat binosiga haydab kelgan erkak qamaldi
U Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan.
Qashqadaryoda mollar poddasini hokimiyat binosiga haydab kelgan fuqaro 7 sutkaga qamaldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 27-fevral kuni fuqaro J.P. akasiga tegishli chorva mollarini Gʻuzor tuman hokimligi maʼmuriy binosi oldiga haydab kelgan. Fuqaroning xatti-harakati yuzasidan Gʻuzor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borildi.
Fuqaro jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan qilgan mazkur xatti-harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan.
Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan toʻplangan hujjatlar JIB Qamashi tuman sudiga yuborildi.
Sudning 2023-yil 3-mart kunidagi qaroriga koʻra huquqbuzar J.P.ga yetti sutka qamoq jazosi tayinlandi.